s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 313

Talabalar ijara to'lovining bir qismini qaytarish bo'yicha my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo'ladi

Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-maydan nogironlikni belgilash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo'llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo'yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2026-yil yakunigacha tibbiy ko'rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo'yishda ko'maklashuvchi sun'iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.

2025-yil 1-noyabrdan davlat oliy ta'lim muassasalari talabalariga oylik ijara to'lovining bir qismini qaytarish bo'yicha YAgona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

2026-yil 1-yanvardan o'rta maxsus, kasbiy va oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayoni bilan bog'liq davlat xizmatlari YAgona portal orqali ko'rsatiladi.

2025-yil 1-noyabrdan transportga gaz baloni o'rnatilganligiga oid ma'lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.

Ijtimoiy inspeksiya Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi M.M.Rustamov

Мавзуга оид