s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 382

"Bola puli" olish uchun asosiy mezonlar:

 Daromad mezoni
 Oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan oylik o‘rtacha daromad 669 000 so‘mlik minimal iste’mol xarajatidan oshmasligi kerak.

 Mol-mulk mezoni
 Oila quyidagilarga ega bo‘lmasligi kerak:
Bittadan ortiq ko‘chmas mulk (uy, yer, noturar joy);
Bir va undan ortiq noturar joy yoki yer uchastkalari.

 Transport mezoni
 Oilaning egaligida yoki foydalanishida:
Ishlab chiqarilganiga 12 yildan oshmagan (nogiron bo‘lsa 7 yilgacha) yengil avtomobil;
Ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshmagan yuk mashinasi bo‘lmasligi lozim.
 Nogiron farzandi bo‘lgan oilalar uchun yengil avtomobil yoshi 7 yil etib belgilangan.

 Bankdagi mablag‘lar mezoni
 Tijorat banklaridagi hisobvaraqlarda:
Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari (5 775 000 so‘m) yoki undan ortiq pul bo‘lmasligi kerak.

 Ishsizlik nafaqasi oluvchi shaxs
 Oilada ishsizlik nafaqasi olayotgan a’zo mavjud bo‘lmasligi shart.

 Bandlik organi takliflarini rad etmaslik
 Oilaning mehnatga layoqatli a’zosi:
So‘nggi 12 oy ichida bandlik organi tomonidan taklif etilgan ikki yoki undan ortiq maqbul ishni rad etgan bo‘lsa – bola puli tayinlanmaydi.

 Rasmiy bandlik yoki faoliyatga ega bo‘lmaslik
 Quyidagi shartlarga mos kelmaydigan mehnatga layoqatli shaxs mavjud bo‘lsa, bola puli berilmaydi:
So‘nggi 6 oyda ish izlab bandlik organlariga murojaat qilmagan;
Rasmiy ishda yoki o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatida emas;
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashmagan;
Bandlik xizmatida ro‘yxatda turmagan.

 Qanday murojaat qilinadi?
 Arizalar Yagona ijtimoiy reyestr (my.gov.uz) orqali onlayn yoki mahalliy hokimiyat organlari orqali topshiriladi.
 Arizalar ko‘rib chiqilgach, ehtiyojmandlik mezonlari asosida qaror qabul qilinadi.

Eslatma:
Bola puli har oyda naqd pulda yoki karta orqali to‘lab beriladi.
Nafaqa faqat 12 oyga tayinlanadi, muddat tugaganda yana ariza topshirish talab etiladi.
Xiva tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov

Мавзуга оид