s
USD: Rub: Eur:
2024-06-26 356

Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiqElektr energiyasi iste’molchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda yashovchilar, obyektlarni loyihalashtirish va ishga tushirishdan avval elektr qurilmalarining yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.

Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarning elektr ta’minotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar yoki dvigatellarning yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini ulash, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoq transformatorlariga past kuchlanishli qurilmalarning yangi quvvatini ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olingandan so‘ng bir oy muddatda belgilangan tartibda beriladi.

Tadbirkorlik subyektlariga texnik shartlar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Bunda iste’molchilarning xohishiga ko‘ra, ularni elektr tarmoqlariga “tayyor holda” ulash mumkin.

Iste’molchilar uchun texnik shartlar to‘lov undirmasdan beriladi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi boshlig‘i  Y.Baltayev

Мавзуга оид