s
Qonunchilikka ko'ra, elektr energiyasi uchun to'lovni maishiy iste'molchilar har oyning 10-sanasiga qadar o'tgan oyda iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun to'liq hisob-kitob qilishlari shart.
Yuqorida ko'rsatilgan muddat o'tgandan keyin qarzdorlik mavjud bo'lganda, maishiy iste'molchilar belgilangan tartibda elektr tarmoqlaridan majburiy uziladi
Bundan tashqari, iste'mol qilingan tabiiy gaz hajmi uchun hisobga olish priborlari ko'rsatkichlari yoki belgilangan me'yorlar asosida oy tugaganidan so'ng 10 kun mobaynida to'lov amalga oshirilishi lozim.
Mazkur muddatda iste'mol qilingan tabiiy gaz haqi o'z vaqtida to'lanmagan taqdirda, iste'molchi gaz ta'minoti tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya to'lashi belgilangan.
Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Xasanov