s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-06-12 988

Qaror talablari buzuilish holatlari aniqlanmoqda.

Xonqa tuman adliya bo’limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlikni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn –auksion orqali berish tartibi to’g’risida”gi Nizom talablariga rioya qilinishi monitoring tartibida o’rganildi.

O’tkazilgan monitoringda tabiiy resurslar vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Xonqa tuman inspeksiyasi tomonidan qaror talablari buzilishiga yo’l qo’yilganligi aniqlandi.

Jumladan, inspeksiyasi mutaxassisi S.Ibodullayev tomonidan “Yerelektron” AATga xulosa berish uchun joylashtirilgan MG1733223019-5, MG1733223019-6, MG1733223019-7-son raqamli yer uchastkalari bo’yicha 3 ish kuni,
MG1733223019-8, MG733223019-9, MG1733223019-10, MG 1733223019-11-raqamli yer uchastkalari bo’yicha 5-ish kunlik muddat buzilgan holda hulosalar berilganligi anqilandi.

Monitoring natijasiga ko’ra Tabiiy resurslar vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Xonqa tuman inspeksiyasi mutaxassisi S.Ibodullayev tomonidan davlat xizmatlari ko’rsatishda qonunchilikda belgilangan muddat buzilishiga yo’l qo’yganligi uchun unga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 2155-moddasi 1-qismida bilan ma’miriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ko’rib chiqish uchun viloyat adliya boshqarmasiga yuborildi.

 

Xonqa tuman adliya bo’limi boshlig’I                           F.Jabbarov 

Мавзуга оид