s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-27 113

Kimlar temir yo‘l kassalarida navbatsiz chipta olishlari mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 109-son qaroriga  ko‘ra, quyidagi shaxslar navbatsiz chipta olishlari mumkin:

Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch darajadagi Shon-shuhrat, «O‘zbekiston Qahramoni», «Sog‘lom avlod uchun» ordenlari va «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan shaxslar;

urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;

Chernobil AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan shaxslar;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;

«Faxriy temiryo‘lchi» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид