Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:
har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi;
Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;
➖banklarning nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qiymati 20 milliard soʻmgacha kreditlar boʻyicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2023/2024 oʻquv yilidan:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi;
Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.
Xonqa tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Haitov
Qonunchilikka qo'ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
ko'zi ojizlik bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
II guruh yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o'tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
O'zbekiston oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.
yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo'lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san'ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o'quv muassasalarining professor-o'qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro'yxatga ko'ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
Ma'lumot uchun: hozirda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so'mni tashkil etadi.
Xonqa tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Haitov