Hukumat 20.09.2022 yil kungi 515son qarori qabul qilingan va qaror bilan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan
Nizomga ko‘ra, budjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash tartibi belgilangan.
Nafaqa Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan farzand tug‘ilgunigacha minimal iste’mol xarajatlari (568 000 so‘m)ning 4 baravari (2 mln 272 ming so‘m) miqdorda beriladi.
Shunga ko‘ra, yuridik shaxslarning nafaqa to‘lash majburiyati Jamg‘arma hisobidan to‘langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma’lumotlar mas’ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma’lumotlar “Yagona reyestr” tizimiga yuboriladi.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti G.Madaminova