s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 223-moddasiga ko’ra, agar ish yili davomida xodimning har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi о‘zgargan (voyaga yetmagan xodim о‘n sakkiz yoshga tо‘lganligi munosabati bilan u asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tilini olish huquqini yо‘qotgan; xodimga I yoki II guruh nogironligi belgilangan va shu sababli unda uzaytirilgan ta’til olish huquqi yuzaga kelgan; xodim ish yilining bir qismini oddiy mehnat sharoitlarida, boshqa qismini esa unga qо‘shimcha ta’til olish huquqini beradigan noqulay mehnat sharoitlarida ishlagan bо‘lsa; xodim ish yili davomida boshqa ishga о‘tkazilgan va bu ishda mehnat ta’tilining xodim unga о‘tkazilguniga qadar bajargan ishidagiga nisbatan boshqacha davomiyligi nazarda tutilgan bо‘lsa va boshqalar) bо‘lsa, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga kо‘ra xodimni vaqtincha boshqa ishga о‘tkazish har yilgi mehnat ta’tili davomiyligining mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asosiy ish bо‘yicha belgilangan mehnat ta’tili davomiyligiga nisbatan kamayishiga olib kelmasligi kerak.
Ishning birinchi yili uchun har yilgi mehnat ta’tili quyidagi toifadagi xodimlarga ishlab berilgan vaqtiga mutanosib ravishda haq tо‘langan holda tо‘liq davomiylikda beriladi:
har yilgi mehnat ta’tili о‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining о‘qituvchilar tarkibiga va uslubiyotchilariga. Ushbu toifadagi xodimlarning ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tiliga tо‘liq hajmda haq tо‘lanadi;
birinchi ish yilida olti oydan kam ishlagan о‘rindoshlarga — asosiy ishi bо‘yicha har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda mehnat ta’tili berilganda. Birinchi ish yilida о‘rindoshlik asosidagi ishda olti oydan kо‘p ishlagan xodimlarga bunday ishda beriladigan mehnat ta’tili, shuningdek keyingi ish yillaridagi har yilgi mehnat ta’tillari uchun tо‘liq haq tо‘lanadi.
Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda joriy ish yilida foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tili uchun xodimga tegishli bо‘lgan kompensatsiyaning miqdori, shuningdek joriy ish yilida ishlab berilmagan ta’til kunlari uchun ushlab qolinadigan haq miqdori xodimning oxirgi ish yilida ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov