Fuqarolar faravonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi”
degan norma O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy davlat sifatida
belgilanishi bilan uzviy bog‘liqlikni tashkil etadi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
degan asosiy maqsadni amalga oshirishga qaratilganushbu vazifaning
Konstitutsiyada belgilanishi doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlash orqali
aholi uchun har tomonlama farovon turmush sharoitlarini yaratishni
nazarda tutadi. Aholi farovonligi yo‘lida qilingan xarajat bilvosita
iqtisodiyot rivojlanishini ham ta’minlaydi.
Milliy iqtisodiyotimizda haqiqiy bozor munosabatlarini joriy
etish, shu asosda mamlakatimizni taraqqiy ettirish uchun tadbirkorlarga bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim.
“Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol
raqobat uchun shart-sharoit yaratadi” degan qoidani kiritilishi bilan
iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha davlatning bosh vazifalari
belgilandi. Haqiqiy bozor munosabatlari iqtisodiy erkinlikni davlat
aralashuvini cheklashni, mulk dahlsizligini va barcha sohalarda teng va halol raqobatni talab etadi.
“Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan
hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga
asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi belgilandi.
Ya’ni - Mulkchilik munosabatlari Yangi Konstitutsiyamizdagi
haqiqiy inqilobiy o‘zgarishlardan biri sifatida qayd etildi.
Xususiy mulk mulkdorga qanday huquqlarni beradi?
- mulkini sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish,
meros qilib qoldirish qabi huquqlarni beradi.
Eng muhumi xususiy mulkni davlat faqatgina mulkdorning roziligi bilan, shartnoma asosida, bozor narxida jamoat ehtiyojlari uchun qaytasotib olishi mumkin.
Mulkidan mahrum bo‘lgan mulkdorga mol-mulkining qiymati,
uning ko‘rgan zarari oldindan hamda teng qiymatda qoplanadi
Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z hoxshicha egalik
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mol-mulkdan foydalanish atrof muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlat huquqlarini hamda qonuniy
manfaatlarini buzmasligi kerak.
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini
ta’minlaydi (67-modda).
“Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti” degan norma
mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanganligi,
mukammal va barqaror vonunchilik bazasi va sud-huquq tizimining
mavjudligi, halol raqobat qilish imkoniyati yaratilganligi, ruxsat olish va
hisobdorlik cheklanganligi, adolatli soliq tizimining amal qilishi, eng
muhimi, daromadlarni erkin tasarruf etish cheklanmaganligi hamda
investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilganligi bilan
belgilanadi.
Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni
amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil
ravishda tanlashga haqli (67-modda).
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga tadbirkorlik faoliyati uchun
tom ma’noda asos soluvchi normaning kiritilishi mamlakatimizda
ishbilarmonlik muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xo‘sh, tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritishda mazkur norma
qanday ahamiyat kasb etadi?
Birinchidan, tadbirkorlarni qonunchilikda taqiqlanmagan har
qanday faoliyatni amalga oshirish haqli ekanligini belgilanishi, daromad olish faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lgan tadbirkorlar uchun
iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida faoliyat yuritish
imkoniyatini taqdim etadi. Bunda, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishi
qonun hujjatlari bilan ta’qiq qo‘yilmaganligi talab etiladi xolos.
Ikkinchidan, o‘z faoliyat yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlash
huquqi tadbirkorlarga o‘z biznes strategiyalarini boshqa shaxslarni,
davlat organi va uni mansabdor shaxslarining o‘zboshimchalik bilan
aralashuvisiz o‘z hohishi va manfaatlaridan kelib chiqqan xolda ishlab
chiqish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur qo‘shimchalar erkin bozor
iqtisodiyotini eng muhim talabini o‘zida ifoda etib, “qonunda
ta’qiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” tamoyili
asosida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni asosiy mezonlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi,
tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning
erkin harakatlanishi kafolatlanadi (67-modda).
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy prinsiplaridan biri - bu erkin
raqobat asosida tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va kapitalning
mamlakat bo‘ylab xech qanday to‘siqlarsiz harakatlanishi hisoblanadi.
Ushbu kafolat mamlakat iqtisodiy makonining birligini anglatadi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shartsharoitlar yaratish va uni to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaga ushbu muhim qoida kiritilmokda.
Mazkur norma birinchi navbatda tadbirkorlar oldida turgan eng
murakkab to‘siqlarni bartaraf etadi. Bu esa jamiyat taraqqiyotiga,
xususan, uning iqtisodiy ravnaqiga xizmat qiladi.
Yagona iqtisodiy makon deganda soliq, pul-kredit, moliya, savdo
va bojxona siyosati orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatlanishini ta’minlaydigan hududiy makon nazarda tutiladi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakat bo‘ylab aylanishiga to‘siqlar
joriy etilmasligi va tadbirkorlar tomonidan moliyaviy mablag‘larni
to‘siqlarsiz tasarruf qila olish imkoniyati juda katta ahamiyatga ega.
Chunki tadbirkor olgan foydasini mamlakatdan erkin olib chiqib ketish,
boshqa bozorga yoki loyihaga yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u bu mamlakat bozorida faoliyat yuritishidan ma’no qolmaydi.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona
foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza kilishni
ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi
mumkin (68-modda).
Uzoq yillar mobaynida O‘zbekistonda yerga nisbatan xususiy
mulkning to‘laqonli joriy etilmaganligi haqiqiy mulkdorlar qatlamini
yetarlicha shakllanmasligiga, yerni haqiqiy tovar sifatida bozor
muomalasiga kiritilmasligiga hamda xorijiy investorlarni milliy
iqtisodiyotga nisbatan ishonchini pasayishiga olib keldi.
Shu bois, xech mubolag‘asiz ushbu norma yangi tahrirdagi
Konstitutsiyamizdagi haqiqiy inqilobiy o‘zgarishlardan biri sifatida
mulkchilik munosabatlari rivojiga xizmat qiladi.
Yerni xususiy mulk sifatida e’tirof etilishi bevosita mulkdorga qanday manfaat beradi?
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdori yerni sotish, hadya
qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish kabi
huquqlarni qo‘lga kiritadi.
Eng muhimi, xususiy mulk bo‘lgan yerni davlat faqat mulkdorni
roziligi bilan, shartnoma asosida, bozor narxida jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, yer “snos”ga tushib ketmaydi, davlat yerni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer
begonalashtirilishi mumkin.
Yerga nisbatan xususiy mulk tadbirkorlarning kredit layoqatlilik
darajasini ortishiga ham xizmat kiladi hamda mol-mulkni oqilona
boshqarish orqali daromadlarni ko‘paytirish imkonini beradi. Yerning
xususiy mulk sifatida e’tirof etilishi mulkdorlar qatlamini kengayishiga,
yer bozorining rivojlanishiga, yer uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha
iqtisodiy samaradorlikni oshishiga xizmat qiladi.