s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 673

Har kungi ishning (smenaning) davomiyligi

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini  185-moddasiga ko’ra,har kungi ishning (smenaning) davomiyligi:

  1. a) о‘ziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun:

olti kunlik ish haftasida — yetti soatdan;

besh kunlik ish haftasida — sakkiz soatdan;

  1. b) о‘n sakkiz yoshgacha bо‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan davomiylikdan;
  2. v) nogironligi bо‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeks 427-moddasiningikkinchi qismida belgilangan davomiylikdan;
  3. g) noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bо‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeksning 478-moddasida belgilangan davomiylikdan oshishi mumkin emas.

Madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar, shuningdek asarlarni yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bо‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga kо‘ra ishlar, kasblar, lavozimlarning tasdiqlanadigan rо‘yxatlariga muvofiq har kungi ishning (smenaning) davomiyligi qonunchilikka, ichki hujjatlarga, jamoa shartnomasiga yoxud mehnat shartnomasiga muvofiq belgilanishi mumkin.

Tashkilotda ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilgan taqdirda, ushbu Kodeksning 199-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qо‘llaniladi.

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                    Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид