s
USD: Rub: Eur:
2023-12-04 922

Bilaszimi

Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin: (https://lex.uz/docs/-104720#-159064)

 

 (https://lex.uz/docs/104720#159064)ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to'lashdan bo'yin tovlasa;

 

uzrsiz sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

 

ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa;

 

muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsa;

 

o'z bolalarining hayoti yoki sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa. 

 

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti M.Bayjanov

 

Мавзуга оид