Mavsumiy xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega
Agar mavsumiy xodim to‘liq mavsum ishlagan bo‘lsa, unga keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi. Bu holda ta’tilning oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili o‘rniga mavsumiy xodimga uning xohishiga ko‘ra pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Agar mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mavsum tugagunga qadar muddatidan oldin bekor qilinsa, mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida unga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda kompensatsiya to‘lanadi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev