Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o'qish istagida bo'lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi:
Oliy ta'lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentyabrgacha my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.
Bunda, abituriyentlar tomonidan ta'lim tilini o'zgartirgan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin
Belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq YUridik texnikumlarda sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qish istagida bo'lgan fuqarolar 2024-yil 25-sentyabrgacha Yuridik texnikumlarga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Bunda, ushbu fuqarolar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan yozma imtihonlar natijalariga ko'ra to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinishi mumkin.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi