s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-28 233

Necha yoshdagi shaxslarga qarab turilgan vaqt mehnat stajiga qo‘shilishi mumkin?

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘gʼrisida"gi Qonunning 37-moddasiga asosan, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari xisoblanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur asosga ko‘ra, 80 yoshga to‘lgan fuqarolarga qarab turilgan vaqt davolash muassasasining xulosasi asosida mehnat stajiga qo‘shib xisoblanadi.Ushbu yoshga to‘lmagan shaxslarga qarab turilgan vaqt esa yuqoridagi ayrim holatlardan tashqari mehnat stajiga ega bo‘lish uchun asos bo‘lmaydi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид