O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va Yuridik Shaxslar Murojatlari To’g’risida”gi qonunning 29-moddasiga asosan Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish.
Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi. Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi