O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 390-moddasiga asosan Basharti, oldi-sotdi shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchining sotib oluvchiga tovarni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda bajarilgan hisoblanadi:agar shartnomada sotuvchining tovarni yetkazib berish majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, tovarni sotib oluvchiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga topshirish paytida;
agar tovar sotib oluvchiga tovar turgan erda berilishi lozim bo‘lsa, tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida. Shartnomada nazarda tutilgan muddatda tovar tegishli erda sotib oluvchiga topshirish uchun tayyor bo‘lgan va sotib oluvchi shartnoma shartlariga muvofiq tovar topshirishga tayyor ekanligidan xabardor qilingan vaqtda tovar sotib oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi. Agar tovarning shartnoma maqsadlariga mosligi tamg‘alash yoki boshqa yo‘l bilan tasdiqlangan bo‘lmasa, tovar topshirish uchun tayyor deb hisoblanmaydi.Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish yoki tovarni turgan yerida sotib oluvchiga topshirish majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish paytida sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Hazorasp tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi