s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 209-moddasiga ko’ra, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy bо‘linmalarining, yakka tartibdagi tadbirkorning keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bо‘lsa, о‘sha ishlarni bajarish zarur bо‘lgan taqdirda xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy bо‘linmalarining keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bо‘lsa, о‘sha ishlarning rо‘yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bо‘lsa, kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishuvga kо‘ra ish beruvchi tomonidan, yakka tartibdagi tadbirkor ish beruvchi bо‘lib ish yuritilayotgan hollarida esa mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlab chiqarish-texnik sharoitlarga kо‘ra (uzluksiz ishlaydigan tashkilotlar) tо‘xtatib turish imkoni bо‘lmagan ishlarni (xizmatlarni), aholiga xizmat kо‘rsatish zarurati yuzaga keltiradigan ishlarni, shuningdek kechiktirib bо‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishga yо‘l qо‘yiladi.
Madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodkor xodimlarini, professional sportchilarni, shuningdek asarlarni yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bо‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga kо‘ra ishlar, kasblar, lavozimlarning tasdiqlanadigan rо‘yxatlariga muvofiq dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etishga jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadigan tartibda yо‘l qо‘yiladi.
Dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun haq tо‘lash ushbu Kodeksning 263-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov