s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-06-25 881

Nikoh tuzish tartibi qanday ?

O‘zbekioston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasiga ko‘ra Nikoh tuzish tartibi quyidagicha

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin. Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид