1) 29-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi tо‘rtinchi xatboshi bilan tо‘ldirilishi belgilangan:
«qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi»;
tо‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblangan;
2) 33-modda:
tо‘qqizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi tо‘qqizinchi va о‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilishi belgilangan:
«litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) buzilganda;
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari bir marotaba qо‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan bо‘lsa. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning bekor qilinishiga asos bо‘ladigan qо‘pol qoidabuzarliklarning rо‘yxati faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan о‘tish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi»;
о‘ninchi xatboshisi о‘n birinchi xatboshi deb hisoblangan;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan tо‘ldirilgan:
«Ushbu modda birinchi qismining tо‘qqizinchi — о‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi»;
3) 46-modda birinchi qismining tо‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi tо‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan:
«belgilangan talablar va shartlar muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda;
belgilangan talablar va shartlar bir marta qо‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan bо‘lsa»;
4) 47-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan tо‘ldirilgan:
«Ushbu Qonun 46-moddasi birinchi qismining ikkinchi, tо‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari bо‘yicha xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish olti oygacha bо‘lgan muddatga taqiqlanadi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi»;
5) 48-modda:
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilgan:
«litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini tekshirishni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda о‘tkazish»;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi, tо‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan:
«Vakolatli organlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek xabarnoma yubormasdan faoliyat bilan shug‘ullanilishi hollarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini о‘tkazishga haqli. Bunda vakolatli organlar tomonidan faqat tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi va xabarnoma yuborilganligi tekshiriladi.
Tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi yoki xabarnoma yuborilmaganligi aniqlangan taqdirda qonunchilikning buzilishi faktlari bо‘yicha choralar kо‘rish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda tekshiruv о‘tkaziladi.
Nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq holda о‘tkaziladigan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlar О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil bilan belgilangan tartibda kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi»;
6) 51-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish qonunchilikda belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi»;
7) 52-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi «vakolatli organni xabardor etmasdan shug‘ullanish» degan sо‘zlardan keyin «shuningdek ushbu hujjatlarning amal qilishi tо‘xtatib turilganda bunday faoliyat bilan shug‘ullanish» degan sо‘zlar bilan tо‘ldirilgan;
О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi о‘rtasida tushuntirilishini ta’minlash О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi trespublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bо‘lgan о‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kо‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash topshirilgan.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy о‘tgach kuchga kirishi belgilangan.
Xonqa tumani yuridik xizmat
kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.O.Raximov.