s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-28 273

Saylov uchastka raisi, o‘rinbosari va kotibiga haq to‘lanadimi?

Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 28-badiga muvofiq

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyasi raisiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravarida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari va kotibiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravarida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug saylov komissiyasining boshqa a’zolariga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravarida;

uchastka saylov komissiyasi raisiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,2 baravarida;

uchastka saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari va kotibiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravarida;

uchastka saylov komissiyalarining boshqa a’zolariga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,7 baravarida to‘lanadi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид