s
USD: Rub: Eur:
2024-03-28 421

KIMLARGA AKADЕMIK TA’TIL BЕRILADI

Prezidentimizning 3.02.2021 yildagi «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq akademik ta’til berishning quyidagi tartibi belgilandi: akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;

talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;

akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi. Nizomga muvofiq OTM talabalariga quyidagi holatlarda akademik ta’til taqdim etiladi: harbiy xizmatni o‘tash uchun; salomatligini tiklash uchun; homiladorlik va tug‘ish uchun; bolalarni parvarish uchun; oilaning betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

Talabaning akademik ta’til olish to‘g‘risidagi murojaati bir hafta muddatda ko‘rib chiqiladi va OTM rektorining (direktorining) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Talabaning arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoxud eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin. Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Shovot tumani Аdliya boʻlimi  YXKM

bosh yuriskonsulti     B.R.Qurbonov

Мавзуга оид