s
USD: Rub: Eur:
2024-03-28 453

Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda. Jumladan, nafaqat bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning ham sir tutilishi kafolatlanmoqda. Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda. Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlanishi mustahkamlanmoqda. Mazkur norma investorlarning ishonchini mustahkamlashga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.

E’tibor bering, tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanliklari kafolatlanmoqda. Konstitutsiyamizga mazkur qoidaning kiritilishi erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini o‘zida ifoda etib, “qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” degan tamoyilga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanmoqda.

Shovot tumani YXKM

 bosh yuriskonsulti I.Raximberganov

 

Мавзуга оид