s
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi.
Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.
Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish maqsadida muntazam ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Хiva tumani Adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti D. Masharipov