VazirlarMahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonqaroribilantasdiqlangan “Yozmaholdagimehnatshartnomasi (kontrakt) tuzishyuzasidanTAVSIYALAR” gako‘raQuyidagilarmehnatshartnomasi (kontrakt)ningzarurshartlarihisoblanadi:
ish joyi — xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning tarkibiy bo‘linmasi)ning nomi;
mehnat funksiyasi — mazmuni lavozim yo‘riqnomalari, malaka majburiyatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutaxassislik, malaka yohud lavozim bo‘yicha (rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarning hamda boshqalarning Yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi, Malaka ma’lumotnomalariga muvofiq);
ish boshlanadigan kun — qonunchilikka muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ishning boshlanishi sanasi qayd etilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan (smenadan) kechikmay ishga tushishi kerak;.
mehnatga haq to‘lash miqdori va boshqa shartlar. Mehnatga haq to‘lash miqdori tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi va eng ko‘p miqdor bilan chegaralanishi mumkin emas;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim mehnat shartnomalari (kontraktlar)ni tuzishda zarur shartlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda ishning boshlanishi sanasigina emas, balki uning tamom bo‘lishi sanasi ham qayd etiladi. Xodimni muayyan ishni bajarish davriga ishga qabul qilishda xodim amalga oshirishi uchun qabul qilinayotgan aniq ish ko‘rsatiladi. O‘rindoshlik bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda qonunchilik bilan nazarda tutilgan eng ko‘p muddat doirasida kundalik ishning aniq muddati belgilanadi.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi