s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2025-03-24 594

Tasdiqlangan ma’lumotlarning haqqoniyligiga ish beruvchilar mas’ul hisoblanadi.

Shuningdek, xodimning elektron mehnat daftarchasi – jismoniy shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan elektron hujjat, u mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik, o‘zini o‘zi band qilganligi, ishsiz va band bo‘lmagan shaxslarning jamoat ishlariga jalb qilinganligi, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketayotgan fuqarolar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida «YMMT»da shakllantiriladi, shuningdek, unda xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, mutaxassisligi), ishga joylashish davrlari (ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish), hisoblangan ish haqi, shuningdek, jismoniy shaxsning mehnatiga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xodimning faqat yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarning kiritilmaganligi uchun jarima tayinlash uchun yetarli asos hisobalanmasligi mumkin. Sizga tayinlangan jarimaga qo‘yilgan asoslar bilan yaxshilab tanishib chiqishingiz yoki zarur bo‘lsa jarima qo‘llagan organga murojaat qilib qo‘shimcha tushuntirish olishingizni tavsiya qilamiz.                                                                                                XIVA TUMAN YURIDIK XIZMAT KO`RSATISH MARKAZI BOSH YURISKONSULTI A.ABDUSHERIPOV

Мавзуга оид