s
USD: Rub: Eur:
2024-06-26 415

Attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish qanday boladi ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572 17.09.2021-yildagi qaroriga asosan. Pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi. Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi. Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi. Pedagog kadrlar oliy ma’lumot olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda (keyingi o‘rinlarda — diplom) ko‘rsatilgan tayyorlov, ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisosligiga mos keladigan o‘quv fanlar bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi.Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tadi, professional ta’lim tashkilotlarining umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilari bundan mustasno.

 

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 

Мавзуга оид