s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 438

“Ichimlik suv ta'minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–343-son, 24.10.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, “O'zsuvta'minot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024-yil 1-aprelgacha alohida yo'nalishlar bo'yicha quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi:

hududiy magistral suv ta'minoti tashkilotlari;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suv ta'minoti tashkilotlari.

2024-yil 1-yanvardan:

ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to'lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi;

yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo'nalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to'liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o'rnatiladi.

Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda:

▫️ichimlik suv ta'minoti og'ir bo'lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta'minlanadi;

▫️124 693 ta xonadonga ichimlik suv tarmoqlari uy xo'jaligigacha yetkaziladi;

▫️130 ta aholi yashash punktlarida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali ichimlik suv ta'minoti yo'lga qo'yiladi;

▫️792 090 nafar iste'molchilar ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan ta'minlanadi.

2024-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo'l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta'minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид