s
Oila kodeksining 44-moddasiga asosan,er-xotin nikohdan sud tartibida ajratilayotganda sud: nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;
voyaga yetmagan bolalarga taʼminot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi;
er va xotinning (ulardan birining) talabiga ko‘ra ularning birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lishi;
er (xotin)dan taʼminot olishga haqli bo‘lgan xotin (er)ning talabiga ko‘ra ana shu taʼminot miqdorini belgilashi shart.Mol-mulkni bo‘lish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor bo‘lgan hollarda sud mol-mulkni bo‘lish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi