Qarorga ko‘ra, avtobuslarda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari bo‘lganda yo‘lovchilarni tunda shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro muntazam yo‘nalishlarda ichki ishlar organlari hamrohligisiz tashishga ruxsat beriladi.
2024 yil 1 yanvardan:
Qarorga ko‘ra, muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish qoidalarini buzganlik, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan bayonnoma tuzish va ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qaror bilan shuningdek, quyidagi tartiblar joriy etiladi:
sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa to‘kiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va o‘zi ag‘daruvchi avtotransportlarda majburiy tartibda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi to‘liq yopilgan tarzda tashish;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 10 sentyabrdan temir yo‘l transportida mahalliy yuklarni (tosh ko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, koks, ma’dan va ma’dan konsentratlari) ichki yo‘nalishlarda ochiq turdagi vagonlarda bortidan oshirib yuklanganda, yukni tashishda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan qoplangan holda tashish.
Tuproqqal’a tuman adliya bo‘lim
boshlig‘i Boltaeva Shoira Xudayberganovna.