s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-15 651

O‘quvchisi olimpiadada 1-o‘rinni olgan o‘qituvchiga qancha pul mukofoti beriladi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 4306-sonli "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori 5-bandiga ko‘ra asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi:

1-o‘rin uchun — 50 baravari(16 mln 500 ming so‘m);

2-o‘rin uchun — 35 baravari(11 mln 550 ming so‘m);

3-o‘rin uchun — 30 baravari(9 mln 900 ming so‘m) miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra sizga o‘quvchingiz respublika olimpiadasida 1-o‘rinni olgani uchun bir martalik BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi. Bu mukofotni olish uchun siz tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

Мавзуга оид