s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-06-28 745

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Temir yo'lda yuk tashish uchun taqdim etilayotgan chegirmalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi

Farmonga muvofiq,  2025-yil 1-yanvardan:

qora va rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va chakana savdo faoliyatlarini litsenziyalash tartibi joriy etiladi;

mobil va (yoki) simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega O'zbekistonda faoliyat yuritadigan telekommunikatsiya operatorlariga tezkor-qidiruv faoliyati, axborot va kiberxavfsizlik tizimlari talablariga to'liq rioya qilgan holda sinov tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga o'z tijorat ehtiyojlari uchun to'g'ridan-to'g'ri ulanish huquqi beriladi.

 2026-yil 1-yanvardan birja savdolarida sotib olingan mis katodi va mis katankasini eksport qilishga cheklovlar bekor qilinadi.

 2024-yil 1-sentyabrgacha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasi Hukumatga kiritiladi:

➖2024-yil 1-oktyabrdan bosqichma-bosqich 2025-yil 1-aprelgacha respublika hududida temir yo'l transportida yuk tashishda taqdim etilayotgan chegirmalar berish amaliyotini bekor qilish;

➖temir yo'l orqali yuklarni tashishda eksport va import tashish xizmatlari uchun tariflarni 2030-yilgacha bosqichma-bosqich birxillashtirish.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид