s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-22 361

Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi hollari

Etkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik quyidagi hollarda xodimning zimmasiga yuklatiladi:
1) to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida o‘ziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning kamomadida;
2) xodim tomonidan bir martalik hujjat (tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolar) bo‘yicha olingan boyliklarning but saqlanishi ta’minlanmaganda;
3) qasddan zarar yetkazilganda;
4) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar yetkazilganda;
5) xodimning sud tomonidan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;
6) ma’muriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazilganda, agar bu tegishli davlat organi yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa;
7) davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni (tijorat, xizmat sirini yoki boshqa sirlarni) tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor qilinganda;
8) xodim mehnat majburiyatlarini bajarmagan taqdirda zarar yetkazilganda.
To‘liq moddiy javobgarlik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga hollarda ham xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida tuzilmasi rahbari Tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbari tashkilotga o‘zi bevosita yetkazgan haqiqiy zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini tashkilot mulkdorining (aksiyadorlar, ishtirokchilar, muassislar umumiy yig‘ilishining) yoxud kuzatuv kengashining yoki mulkdor vakolat bergan boshqa organning talabiga binoan qoplaydi. Bunda zararlarni hisob-kitob qilish fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan normalarga muvofiq amalga oshiriladi. 


Hazorasp tuman adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Niyozmatov

Мавзуга оид