O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sudlarga ikki xil toifada murojaat qilishi mumkin.
Birinchisi - bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar ko‘rinishida. (“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni talablari doirasida).
Ikkinchisi - muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar ko‘rinishida. (Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi).
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi