s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 416

Bilasizmi,

O’zbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksini 218-moddasiga ko’ra, quyidagilarga yoshi va sog‘lig‘ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi:

о‘n sakkiz yoshgacha bо‘lgan shaxslarga — о‘ttiz kalendar kun;

I va II guruh nogironligi bо‘lgan xodimlarga — о‘ttiz kalendar kun.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bо‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.

Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining о‘ziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta’tillar olish huquqiga ega bо‘lgan xodimlarning rо‘yxati va ushbu ta’tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.

Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan kо‘paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.

 

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                    Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид