“Aholiga pensiya tayinlash bo'yicha ko'rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–353-son, 31.10.2023-y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan:
Bunda, Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limlari tomonidan shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.
2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunda (https://lex.uz/docs/112314#127020) belgilangan yoshga to'lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg'armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma'lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.
2025-yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta'sir qiluvchi qo'shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti T.Rajabov