s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-06-06 919

Yangi Mehnat kodeksiga asosan mehnat ta’tili davomiyligini hisoblab chiqarish qay tartibda amalga oshiriladi?

Mehnat kodeksining 221-moddasiga asosan Xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi.

Har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi. Ya’ni, masalan sizning mehnat ta’tilingiz qurbon hayiti davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa makur bayram sizning mehnat ta’tilingiz davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

Har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarini jamlash tartibi:

Har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.

Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

 

Bog‘ot tuman adliya bo‘limi

Bosh maslahatchisi G‘.A.Maxmudov

Мавзуга оид