s
Javob: Pedagogning bolalarni haqorat qilishi va ularga qo‘l ko‘tarishi huquq va ahloq mezonlariga mos kelmaydi.
Bu vaziyatda o‘sha shaxsni Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismi beshinchi bandi bilan (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi) ishdan bo‘shatish mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘iga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 13-bandiga ko‘ra o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan munosabatda o‘quvchilarni jazolash maqsadida ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aynan shu qoidaga ko‘ra o‘quvchiga tazyiq o‘tkazmaslik (garchi qo‘l ko‘ratmasa-da, u bilan urushmaslik) o‘qituvchining majburiyatlaridan biri hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, MK 161-moddasida mehnat intizomini bir marta qo‘pol ravishda buzish holati keltirilgan.
Ushbu kodeks 162-mododasiga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati:
- ichki mehnat tartibi qoidalari;
- ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tashkilot mulkdori va rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi;
- o‘ziga nisbatan intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom to‘g‘risidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanadi.
Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga qo‘l ko‘tarmaslik va ularni haqorat qilmaslik majburiyati MMTV 282-son buyrug‘ida qayd etilgan.
Demak, bu holatda o‘qituvchini ishdan bo‘shatish huquqiy asosga ega.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti Po‘latov Shoxrux Baxram o‘g‘li