s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-30 158

Kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fan yanada rivojlantiriladi

“O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-293-son, 15.08.2024 y) qabul qilindi

 

 Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

 

2024–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

 

O‘zbekiston Respublikasida milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi.

 

 Respublikaning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.

 

 Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kriptologiya sohasida dolzarb muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish Ekspert guruhining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид