s
USD: Rub: Eur:
2023-10-12 453

VEB-SAYT EGASI VA BLOGER INTERNETDAGI SAHIFASIDA NIMALARGA YOʻL QOʻYMASLIGI KERAKLIGINI BILASIZMI?

 Veb-saytning va veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan internetdagi oʻz veb-saytida va veb-sayt sahifasida yoxud boshqa axborot resursida quyidagilarga yoʻl qoʻymasligi shart:

▪️Oʻzbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish;

▪️ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlar, mitinglarda, koʻcha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga daʼvat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish;

▪️jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborot tarqatish;

▪️urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;

▪️davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etish;

▪️milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish;

▪️jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;

▪️giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targʻib qilish;

▪️pornografiyani, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni targʻib qilish, shuningdek oʻz joniga qasd qilishga daʼvat etish;

▪️fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va sogʻligʻiga yoxud oʻzga shaxslarning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid soluvchi gʻayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish;

▪️qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan oʻzga harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilish.

 

Rasulbek IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi

Мавзуга оид