s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-09-29 775

O‘QITUVChILARNING FAOLIYaTIGA ARALAShGAN ShAXSLARGA QANDAY ChORA KO‘RILADI ?

MJtK ning 197-5-moddasiga ko‘ra, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravari (3 300 000 so‘m)gacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravari (4 950 000 o‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (330 000 so‘m)ning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish

 markazi boshlig’i  U.Navruzov

Мавзуга оид