s
Dasturga muvofiq, jumladan:
tuman va shahar markazlarida “Konstitutsiya ko'chasi” tashkil etiladi;
jurnalist va blogerlar o'rtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi o'tkaziladi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;
Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bag'ishlangan arxiv hujjatlari ko'rgazmasi tashkil etiladi;
davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;
maktab o'quvchilari o'rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mash'ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o'tkaziladi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev