s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 639

2023 yil 17 noyabr kuni «Ish xaqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish tо‘g‘risida” О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-196-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmonga kо‘ra [ОКОЗ:

1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.03.00.00 Меҳнатга ҳақ тўлаш / 05.03.02.00 Иш ҳақининг энг кам миқдори;

2.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.06.00.00 Пенсиялар / 06.06.01.00 Умумий қоидалар]

 2023 yil 1 dekabrdan boshlab:

byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga;

bazaviy hisoblash miqdori 3 foizga oshirilsin.

[ОКОЗ:

1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.03.00.00 Меҳнатга ҳақ тўлаш / 05.03.02.00 Иш ҳақининг энг кам миқдори;

2.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.06.00.00 Пенсиялар / 06.06.01.00 Умумий қоидалар;

3.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.06.00.00 Пенсиялар / 06.06.02.00 Ёшга доир пенсия;

4.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.06.00.00 Пенсиялар / 06.06.03.00 Ногиронлик пенсияси;

5.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.07.00.00 Нафақалар. Компенсация тўловлари / 06.07.01.00 Нафақалар / 06.07.01.01 Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси;

6.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.07.00.00 Нафақалар. Компенсация тўловлари / 06.07.01.00 Нафақалар / 06.07.01.03 16 ёшгача бўлган ногирон болаларга нафақалар. Болаликдан 1 ва 2 гуруҳ ногиронларига нафақа;

7.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.07.00.00 Нафақалар. Компенсация тўловлари / 06.07.01.00 Нафақалар / 06.07.01.04 Иш стажига эга бўлмаган қарияларга ва меҳнатга қобилиятсиз фуқароларга нафақа]

  1. 2023 yil 1 dekabrdan boshlab О‘zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq tо‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 050 000 sо‘m;

bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 340 000 sо‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 372 000 sо‘m;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 725 000 sо‘m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji tо‘liq bо‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 800 000 sо‘m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bо‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 800 000 sо‘m;

1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bо‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 3 527 000 sо‘m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 sо‘mdan) 800 000 sо‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori — oyiga 800 000 sо‘m;

zarur ish stajiga ega bо‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 608 000 sо‘m;

ish staji tо‘liq bо‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qо‘shimcha tо‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 608 000 sо‘m;

о‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bо‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bо‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 608 000 sо‘m;

boquvchisini yо‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 608 000 sо‘m etib belgilanishi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 sо‘mdan qо‘shilishi;

boquvchisini yо‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 608 000 sо‘m etib belgilanishi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tо‘lanishi belgilangan.

 

 

Xonqa tumani yuridik xizmat

kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                             D.O.Raximov.

 

Мавзуга оид