s
Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori hodimni ishlab kelayotgan joyidagi ish stajiga bogʼliq bo‘lib, quyidagi miqdorlardan:
3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;
3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;
5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;
10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;
15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Yangairiq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsul’ti R.Aminov