s
USD: Rub: Eur:
2023-12-15 544

Inson shaʼni va qadr-qimmati, daxlsizligi oliy qadriyat

  Inson shaʼni va qadr-qimmati, daxlsizligi oliy qadriyat bo‘lib, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida uni amalda taʼminlash muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022-yilning 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya bilan uchrashuvda “Inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart”, deb taʼkidlagan edi.
Shu nuqtai-nazardan, yangilangan Konstitutsiyamizning 26-moddasida insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir, degan insonparvar norma mustahkamlandi.
Inson shaʼni – bu insonning boshqa odamlar oldida o‘z ahamiyatini anglashi yoki insonning maʼnaviy obro‘sidir.
Inson qadr-qimmati – bu shaxsning o‘zini o‘zi hurmat qilishi, jamiyat aʼzosi sifatida o‘z mavqei va ahamiyatini anglashidir.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966-yil), Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya (1984-yil) kabi xalqaro xujjatlarda inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning or-nomusi, shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar oshkor bo‘lishiga olib keladigan, hayoti va sog‘ligini xafv ostiga qo‘yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy, maʼnaviy yoki ruhiy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish taqiqlanishi shaxs shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishning asl mohiyatini tashkil etadi.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘z faoliyatida har qanday holatda ham inson shaʼni, or-nomusi, va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, kamsitmasligi, aksincha ularga insoniy munosabatda bo‘lishlari lozim.
Masalan, shaxsiy tintuv tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilishi ham inson shaʼni va qadr qimmatini taʼminlashga qaratilgan maxsus qoida hisoblanib, uni buzish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shu nuqtayi nazardan, milliy qonunchilikda inson shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lsa, fuqarolik qonunchiligida esa ularga yetkazilgan zararni qoplashga doir maxsus normalar nazarda tutilgan.
AQSH, Germaniya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlar konstitutsiyalarida ham inson shaʼni va qadr-qimmatining daxlsizligini himoya qiluvchi alohida normalar o‘z ifodasini topgan.

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 bosh yuriskonsulti Y.Xo`jamuratova

Мавзуга оид