s
"Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo'jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident Farmoni (PF-49-son 13.03.2024 y.) qabul qilindi
Unga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o'rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (KRI), ularga erishish bo'yicha “yo'l xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
Samaradorlik ko'rsatkichlariga o'z vaqtida va sifatli erishilishini ta'minlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida:
samaradorlik ko'rsatkichlari bajarilishi to'g'risidagi ma'lumot har chorakda “samaradorlik.uz” elektron platformasiga kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning o'rinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;
har bir samaradorlik ko'rsatkichiga belgilanadigan salmoq o'lchovi yig'indisidan kelib chiqib, samaradorlik ko'rsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam bo'lganda – “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgacha – “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgacha – “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori bo'lganda “a'lo” deb baholanadi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi