s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 791

Sotiladigan davlat mulki ob’yektlari haqidagi axborot maxsus portalda joylashtirilishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2023 yildagi «Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 572-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali yaratilib, unda barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga qoʻyish va ularning natijalari toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtirib boriladi. Ushbu tizim soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Portal faoliyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi, «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» AJ portal faoliyatini tashkil qilish va yuritish boʻyicha operator hisoblanadi.

Portaldan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Bunda davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi axborotlarni portalga joylashtirmasdan, savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organlari va tashkilotlar portalga davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi axborotlarni (ob’yektning umumiy tavsifi, qiymati, savdoni oʻtkazish mexanizmi, shartlari va boshqalar) savdo oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin taqdim etadi. Shuningdek, yakuniy ma’lumotlar (gʻolib haqidagi ma’lumotlar, ob’yektning realizatsiya qiymati va boshqalar) savdo natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh kun ichida joylashtirilishi kerak.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalida e’lon qilinadigan axborotlar roʻyxati;
  • Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portaliga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar roʻyxati.

 

Urganch tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov

 

 

Мавзуга оид