s
USD: Rub: Eur:
2025-03-30 814

Majburiyatlar bajarilishining ahamiyati. Muhim 5 jihat

Majburiyat deganda nima tushuniladi? Majburiyatlarning bajarilishi qanday usullar orqali amalga oshiriladi? Majburiyatlar bajarilishining ahamiyati nimalarda namoyon boʻladi?

Majburiyat deganda nima tushuniladi?

Majburiyat–fuqarolik huquqiy munosabati boʻlib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pul toʻlash va hokazo yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa–qarzdordan oʻzining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻladi.

Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa–ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.

Majburiyatlarning bajarilishi qanday usullar orqali amalga oshiriladi?

Taʼkidlash joizki, majburiyat kelishilgan va taraflar uchun maqbul usuldabajarilishi shart.

Shaxslar shartnoma tuzayotgan paytida unda belgilayotganmajburiyatni qismlarga boʻlib bajarishni koʻzda tutishlari mumkin.

Bundan tashqari, shaxslar shartnoma tuzayotgan paytida unda majburiyatnitegishli shaxs uchun bajarishni koʻzda tutishlari mumkin.

Agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyatning mohiyatidan yoinki ish muomalasi odatlaridan yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilsa, qarzdor majburiyatni muddatidan ilgari bajarishga haqli, kreditor esa–ijroni muddatidan ilgari qabul qilishi shart.

Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni boʻlib-boʻlib bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yetarli asoslar mavjud boʻlganida sud qarzdorga majburiyatni bajarishni kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib bajarish imkonini berishga haqli boʻladi.

Majburiyatlar bajarilishining ahamiyati nimalarda namoyon boʻladi?

Birinchidan,insonning shaxsiy rivojlanishiga olib keladi. Majburiyatlarini bajargan insonda masʼuliyatli, intizomli va vijdonli  boʻlish xissiyoti yuzaga keladi. Ushbu xususiyatlar insonning shaxsiy rivojiga katta taʼsir koʻrsatadi va hayotida muvaffaqiyatlarga yoʻl ochadi.

Ikkinchidan, inson jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻladi. Majburiyatlar bajarilganda inson oʻzining ijtimoiy javobgarligini his qiladi va jamiyatda ishonch hamda hurmat qozonadi. Bu ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchinchidan, insonning ishlash muhiti yaxshilanadi va ish samaradorligi oshiradi. Insonning tashkilotlarda majburiyatlarni bajarish faoliyatning samaradorligi oshadi. Har bir aʼzo oʻz vazifalarini toʻgʻri va aniq bajarishga intilsa, ish jarayonining mukammalligi taʼminlanadi.

Toʻrtinchidan, insonda oʻz huquq va burchini anglash xissi oshadi. Majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi bu, huquqni hurmat qilish va burchni bajarishdir. Bu jamiyatni huquqiy tartibni saqlashga, unda adolatli munosabatlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Beshinchidan, inson kundalik hayotda muvaffaqiyatlarga erishadi. Kichik, lekin muhim majburiyatlarni bajarish kundalik hayotda ham tashabbuskorlik va samaradorlikni oshiradi. Bu insonni oʻz hayotida muvaffaqiyatlarga erishishiga olib keladi.

 

Gurlan tuman YXKM boshlig‘i                       E.Raxmatillayev

Мавзуга оид