s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 827

Xodimga nisbatan moddiy javobgarlik

Xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.

Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va to‘lovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi

Ushbu holat bo’yicha xodimni moddiy javobgarlikdan istisno qiluvchi holatlar ham mavjud ya’ni

Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi

Oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi deganda qo‘yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bo‘lmaganda, xodimning o‘z zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda hamda xo‘jalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sog‘lig‘idan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bo‘lgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi

 

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev

Мавзуга оид