s
Mehnat kodeksining 175-moddasiga binoan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganligi oqibatida xodimga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash:
majburiy progul vaqti uchun haqni majburiy ravishda to‘lashdan;
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, ish yuritishga doir xarajatlar va boshqalar) kompensatsiya qilishdan iborat.
Qarang! Ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdori ish beruvchining harakatlarini baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Sud ishga tiklash o‘rniga xodimning iltimosiga ko‘ra uning foydasiga uch oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha tovon undirishi mumkin.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’zibayev